Yangi loyihalar uchun ochiqman
Biznesingiz hali ham Excel va chatda yuritilyaptimi?
Ombor, savdo va hisobotni bitta tizimga yig'aman. Omborchi telefonda skanerlaydi, rahbar hisobotni tayyor holda oladi, hech narsa chatda yo'qolmaydi.
- 5
- tizim real biznesda ishlab turibdi
- 4
- klient turi: veb, Android, PWA, Telegram
- 3
- til: o'zbek, rus, ingliz
- 1
- aloqa nuqtasi — vositachi yo'q
Sotuv, hafta
148,2M
Buyurtma
312
Debitorlik
29,4M
Kunlik sotuv
Excel01
Bu tanish holatmi?
Quyidagilardan ikkitasi sizga tegishli bo'lsa — muammo odamlarda emas, tizim yo'qligida.
Qoldiqni bilish uchun omborga qo'ng'iroq qilasiz, Excel'dagi son haqiqatga to'g'ri kelmaydi
Hisobot har hafta qo'lda yig'iladi, formulalar fayldan faylga ko'chadi va sonlar bir-biriga to'g'ri kelmay qoladi
Buyurtmalar guruh chatida yo'qoladi — kim nima olgani va qaysi bosqichda ekani chalkash
Muddati o'tgan tovar omborda qolib ketadi, bu haqda faqat mijoz qaytarganda bilinadi
Kim qancha qarzdor va qaysi hisob-faktura to'langani — aniq javob yo'q
Ikki tizim bir-birini ko'rmaydi: ma'lumot bir joydan ikkinchisiga qo'lda ko'chiriladi
02
Hozir va tizimdan keyin
Quyidagi qatorlarning har biri men qurgan real tizimlardan olingan.
Qoldiq
Omborga qo'ng'iroq yoki kechagi Excel fayli
Hisobot
Excel'da qo'lda yig'iladi, bir necha soat ketadi
Buyurtmalar
Chatda matn ko'rinishida, holati noma'lum
Terish
Qog'oz ro'yxat va xotira, xato mijozda ochiladi
Debitorlik
Alohida Excel, kim qachon to'lagani xotirada
Tizimlar orasida
Ma'lumot qo'lda ko'chiriladi, xatolar sezilmay o'tadi
Qoldiq
Ekranda real vaqtda — partiya va muddati bilan
Hisobot
Tugma bosiladi, tayyor fayl chiqadi
Buyurtmalar
Har biri raqamlangan, holati va tarixi ko'rinadi
Terish
Telefonda shtrixkod, noto'g'ri tovarni tizim qabul qilmaydi
Debitorlik
Muddat bo'yicha avtomatik hisobot va mijoz akt-sverkasi
Tizimlar orasida
Avtomatik almashinuv; uzilish bo'lsa qayta uriniladi, hech narsa yo'qolmaydi
03
Tizim qanday ko'rinadi
Quyidagi ekranlar namuna ma'lumot bilan chizilgan — mijozlarning haqiqiy ma'lumotlari ko'rsatilmaydi.
Omborchi telefonida
Terish ro'yxati, shtrixkod skaneri va muddat nazorati. Noto'g'ri partiya tanlansa tizim ogohlantiradi.
Rahbar ekranida
Kunlik ko'rsatkichlar, sotuv dinamikasi va bir bosishda Excel'ga eksport.
Mijoz Telegramida
Katalog, savat va buyurtma — ilova o'rnatmasdan, mijoz allaqachon o'tirgan joyda.
04
Tanlangan ishlar
Har biri real biznesda kunlik ishlatiladigan tizim. Mijoz nomlari va ichki manzillar oshkor qilinmagan.
Logistika va distributsiya
Ombor boshqaruv tizimi (WMS)
Yirik FMCG distributori uchun qabuldan yetkazishgacha bo'lgan to'liq ombor tizimi — to'rtta klient ilova va tashqi ERP bilan jonli sinxronizatsiya.
ERP va moliya
Multi-tenant ERP platformasi
Bitta kod bazasidan ko'p kompaniyaga xizmat qiluvchi ERP: sotuv, debitorlik, invoice va ombor tizimiga ishonchli uzatish.
BI va hisobot
ERP ustidagi analitika paneli
ERP eksportini o'qiydigan, tozalaydigan va dasturchisiz yangi hisobot yig'ish imkonini beradigan panel. Ikki distributor kompaniyasida joriy etilgan.
05
Nima qila olaman
Odatda shu turdagi ishlar bilan murojaat qilishadi.
Ombor va logistika tizimi
Qabul, joylashtirish, terish va inventarizatsiya. Shtrixkod, partiya va muddat kuzatuvi, mobil ilova, offline rejim.
ERP va biznes backend
Sotuv, mijozlar, to'lovlar, invoice va debitorlik. Rollar va ma'lumotga kirish darajalari, audit log, migratsiyalar.
Hisobot va analitika paneli
Mavjud tizimingizdagi ma'lumotni yig'ib, tushunarli panelga aylantiraman. Excel import/eksport, o'z hisobotingizni yig'ish imkoniyati.
Telegram bot va Mini App
Buyurtma qabuli, katalog, savat va to'lov — mijoz allaqachon o'tirgan joyda. Ilova o'rnatish shart emas.
Tizimlar integratsiyasi
Ikki tizim bir-birini ko'rmayaptimi — API, navbat va worker orqali ishonchli almashinuv quraman. Xato bo'lsa qayta uriniladi, hech narsa yo'qolmaydi.
Ichki mobil ilova
Dala xodimi, omborchi yoki savdo agenti uchun Android ilova: skaner, offline navbat, push bildirishnoma.
06
Qanday ishlaymiz
Har bosqich oxirida siz nima olishingizni oldindan bilasiz.
- 01
Tanishuv
30–60 daqiqa · bepul
Jarayoningizni tinglayman va savollar beraman. Agar muammoingiz tizimsiz ham hal bo'lsa — buni to'g'ridan-to'g'ri aytaman.
- 02
Tahlil va taklif
1–2 hafta
Jarayonni yozib chiqaman: nima avtomatlashtiriladi, nima qo'lda qolaveradi. Muddat va narx yozma taklifda aniq ko'rsatiladi.
- 03
Ishlab chiqish
Bosqichma-bosqich
Har bosqich oxirida ishlaydigan qismni ko'rsataman — oyning oxirida kutilmagan natija chiqmaydi.
- 04
Joriy etish va o'qitish
Birinchi oy kuzatuv bilan
Serverga o'rnataman, xodimlarni o'qitaman va birinchi oy ishlashini kuzataman. Hujjatlashtirish ham ish doirasiga kiradi.
07
Boshlash formatlari
Katta loyihadan boshlash shart emas. Ko'pchilik kichik qadamdan boshlaydi.
Audit
Jarayonlaringizni o'rganib, nimani avtomatlashtirish eng ko'p foyda berishini yozma hisobot qilib beraman.
- Jarayonlar xaritasi va tor joylar ro'yxati
- Ustuvorliklar bo'yicha tavsiya
- Taxminiy muddat va byudjet
- Keyin men bilan ishlashingiz shart emas
Pilot modul
Bitta eng og'riqli jarayonni to'liq hal qilamiz. Ishlayotganini ko'rgach qolganiga o'tamiz.
- Bitta modul: terish, hisobot yoki buyurtma qabuli
- Ishlaydigan mahsulot, prototip emas
- Xodimlarni o'qitish kiritilgan
- Kengaytirish uchun ochiq arxitektura
To'liq tizim
Ombor, savdo, moliya va mobil ilova — bitta tizimga, bosqichma-bosqich.
- Bir nechta modul va rollar tizimi
- Mavjud ERP yoki 1C bilan integratsiya
- Mobil ilova (Android)
- Server, deploy va hujjatlar
08
Texnologiyalar
Kunlik ishlatadigan vositalarim.
Backend
Frontend
Mobil
Integratsiya va infratuzilma
Domen bilimi
09
Men haqimda
Men biznes jarayonini oldin tushunaman, keyin kod yozaman. Ombor qanday ishlaydi, tovar qayerda qoladi, hisobot kimga qanday kerak — buni aniqlamasdan boshlagan tizim ishlamaydi.
So'nggi yillarda asosan ERP va WMS yo'nalishida ishladim: partiya va muddat kuzatuvi, FEFO, shtrixkod bilan terish, multi-tenant arxitektura, debitorlik va invoice hisobi, tashqi ERP tizimlari bilan integratsiya.
Bitta tizimni boshidan oxirigacha olib chiqaman: ma'lumotlar bazasi sxemasidan tortib, mobil ilova va serverdagi deploy skriptigacha. Kerak bo'lsa foydalanuvchini o'qitish va hujjatlashtirish ham men zimmamda.
- Rol
- Full-stack dasturchi
- Joylashuv
- Toshkent, O'zbekiston
- Tillar
- O'zbek · Русский · English
10
Ko'p beriladigan savollar
Qancha turadi?
Jarayon hajmiga bog'liq — bir modul bilan to'liq tizim narxi bir necha barobar farq qiladi. Aniq raqamni tanishuv va tahlildan keyin, yozma taklifda beraman. Narxni oldindan bilishning eng arzon yo'li — audit formati.
Qancha vaqt ketadi?
Pilot modul odatda 4–6 hafta. To'liq tizim 3 oydan boshlanadi va bosqichlarga bo'linadi — birinchi ishlaydigan qismni bir oy ichida ko'rasiz.
Kodlar kimniki bo'ladi?
Sizniki. Repozitoriy, server va bazaga to'liq kirish sizda qoladi. Boshqa dasturchi davom ettira olishi uchun hujjatlashtirish ham ish doirasiga kiradi.
Mavjud 1C yoki boshqa ERP bilan ishlaydimi?
Ha. Tizimlar orasida ishonchli almashinuv qurish — ishimning katta qismi; hozirgi loyihalarimdan ikkitasi aynan tashqi ERP bilan sinxronlanadi. Tizimingizda API bo'lmasa, eksport fayllar orqali ham yo'l topiladi.
Xodimlarim kompyuterni yaxshi bilmaydi
Interfeys aynan shuni hisobga olib quriladi. Omborchi ilovasida asosan skaner va ikkita tugma bo'ladi, ortiqcha hech narsa yo'q. Xodimlarni o'qitish ham ish doirasiga kiradi.
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Baza sizning serveringizda yoki siz tanlagan hostingda turadi — men uni o'zimda saqlamayman. Kirish rollar bo'yicha cheklanadi, har bir amal audit logda qoladi, zaxira nusxa avtomatlashtiriladi.
11
Loyihangizni muhokama qilamiz
Qisqacha yozing — jarayoningiz va nima bezovta qilayotgani haqida. Bir ish kuni ichida javob beraman.
Yoki to'g'ridan-to'g'ri
Telefon+998 90 021 86 97Telegram@JMusayevEmailjalol.musaev7@gmail.comGitHub@jaloliddinmusayevMijoz nomlari, domenlar va server manzillari maxfiylik sababli oshkor qilinmagan.